Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni kelasi hafta o‘rtasigacha yurakdagi nuqsonli aorta klapanini almashtirish bo‘yicha operatsiyani boshidan o‘tkazadi. Bu haqda siyosatchining shaxsiy shifokori Alberto Zangrillo Reuters’ga ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Biz aorta klapani patologiyasini aniqladik, u aorta yetishmovchiligi deb ataladi. Uni tuzatishning faqat bitta usuli bor, u ham bo‘lsa, klapanni almashtirish”, — dedi Zangrillo.
Eslatib o‘tamiz 79 yoshli Silvio Berluskoni 6-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar u yurak xurujiga uchraganini taxmin qilgan edi.
Izoh (0)