Avstraliyaning Lonseston shahrida minglab o‘rgimchaklar bo‘talar ustiga ulkan to‘rlarni to‘qib tashladi, deb yozadi TJournal. Bunga hududda sodir bo‘lib, o‘rgimchaklarni ular odatda yashaydigan joydan quvib solgan kuchli suv toshqini sabab bo‘ldi.
Avstraliya muzeyi araxnologi (o‘rgimchaksimonlarni o‘rganuvchi olim) Grem Milledj tushuntirishicha, “o‘rgimchaklar ucha olmaydi, shu sababli ipak tolalarda turib, havoda suzayotgandek bo‘ladi”.
Ushbu hasharotlar o‘rgimchak to‘rini havoga chiqaradi, shunda shamol uni xavfsiz joylarga cho‘zib boradi. Suv tarqalgach, o‘rgimchaklar yerga tushadi.
Izoh (0)