Xitoy hukumati xalqaro to‘lov tizimlari uchun ayni paytda 55 trillion yuan (8,4 trillion dollar)ga baholanayotgan mamlakat bozoriga yo‘l ochib berishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Vedomosti” Xitoy Markaziy banki va Bank faoliyatini tartibga solish komissiyasiga tayanib.
Shu bilan birga, xorijiy kompaniya Xitoyda kamida 1 milliard yuan (152,2 million dollar) kapitaliga ega sho‘ba korxonasi ochishi, xavfsizlik standartlari sohasidagi mahalliy qonunchilikka rioya qilishi kerak.
Xitoydagi to‘lov kartalari bozorida yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan UnionPay to‘lov kompaniyasi yangilikni ma’qullaydi. Visa va MasterCard izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)