BMT bosh qarorgohida 2017-yil 1-yanvarda bo‘shaydigan tashkilot bosh kotibi lavozimi uchun nomzodlar ishtirokida eshitishlar boshlandi, deb yozadi “TASS”.
O‘z nuqtai nazarlarini Slovakiya va Argentina tashqi ishlar vazirlari Mirosla Laychak va Susana Malkorra bildirmoqda. Ularning har biriga qisqa kirish so‘zi aytish hamda BMTga a’zo mamlakatlar diplomatlari va fuqarolik jamiyati vakillari savollariga javob berish uchun ikki soatdan vaqt ajratilgan.
Bosh kotib lavozimiga da’vogarlar o‘zlari birlamchi vazifa deb hisoblaydigan masalalar, zamonaviy hayotning asosiy muammolari, jumladan, nizolarning ko‘payishi, terrorchilik tahdidi, global isish, migratsiya inqirozi va yadroviy qurolsizlanish jarayonining to‘xtab qolishiga qarshi qanday choralar ko‘rishi haqidagi savollar bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishi kerak.
Izoh (0)