2016-yilning 8—9-iyun kunlari Tallin shahrida O‘zbekiston-Estoniya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston va Estoniya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan muzokaralar kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish o‘rin olgan.
Izoh (0)