Qutqaruvchilar Sichuan provinsiyasidagi (janubi-g‘arbiy Xitoy) Baylun ko‘lida 4-iyun, shanba kuni cho‘kib ketgan kemani topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kuchli shamol bortida 18 kishi bo‘lgan sayohat kemasini to‘ntarib tashladi. Suvdan 4 kishi chiqarib olindi, ulardan biri — bola kasalxonada vafot etdi. 14 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblamoqda.
Qutqaruvchilar suvosti robotlari yordamida 65 metr chuqurlikda yotgan kema korpusini tekshirib ko‘rdi, biroq kimdir omon qolgani alomatlari aniqlanmadi.
Izoh (0)