Avstraliya g‘arbida dayving bilan shug‘ullanuvchi ayol nahang hujumi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
ABC ma’lumotlariga ko‘ra, ayol Mindari shaharchasi yaqinida dayving bilan mashg‘ul bo‘lganida unga yirtqich tashlangan bo‘lishi mumkin. Uning tanasi plyajga chiqib qolganida odamlar payqab qolgan.
“Ayol jasadida akula qoldirgan izlarga o‘xshash chuqur yaralar aniqlandi, biroq biz uning halokati sababiga aniqlik kiritishda davom etmoqdamiz”, — ma’lum qildi G‘arbiy Avstraliya shtati politsiyasi vakili.
Bu мamlakat g‘arbida hafta mobaynida nahang hujumi tufayli odamlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq ikkinchi hodisa. 31-may, seshanba kuni Mindaridan 100 kilometrcha uzoqlikdagi Falkon shahrida yirtqich hujumiga uchragan 29 yoshli syorfingchi yigit oradan to‘rt kun o‘tib, kasalxonada olamdan o‘tdi.
Izoh (0)