Pensilvaniyadagi (AQSh) soatlar milliy muzeyi tashrifchisi bu yerdagi eksponatni yurgizishga urinib, sindirib qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Tegilmasin” degan yozuvga parvo qilmagan erkak bir necha bor Jeyms Borden tomonidan 1994-yilda tayyorlangan soatni ishlatishga harakat qildi, biroq ushlab turolmadi va eksponat yerga quladi.
Muzey rahbariyati omadsiz sinovchi jarimaga tortilmasligini ma’lum qildi. Direktor Noel Poyrirning bildirishicha, xodimlar soatni ta’mirlab berishni iltimos qilib Bordenga murojaat etishga ulgurgan.
Izoh (0)