O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 7-iyun, seshanba kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Izoh (0)