AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Porter raketali eskadrilya mina tashuvchisi 6-iyun, dushanba kuni Qora dengizga kirishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AQSh oltinchi floti qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Qo‘mondonlik xabarida aytilishicha, tashrif AQSh boshchiligida Yevropada o‘tkaziladigan “Atlantik qat’iyat” operatsiyasi doirasida amalga oshiriladi va kema NATOga a’zo davlatlar portlariga kiradi.
Porter mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun Qora dengizda patrullash bilan mashg‘ul bo‘lishi bildirilmoqda.
Izoh (0)