AQSh hukumati terrorchilik guruhlari Janubiy Afrika Respublikasining tijorat tumanlarida odamlar to‘planadigan joylarga hujumlar uyushtirmoqchi ekanligi haqida ma’lumot oldi. Bu haqda ushbu Afrika mamlakatidagi Amerika elchixonasiga asoslanib, Reuters xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
“Axborot IShID o‘z tarafdorlarini Ramazon oyi davomida butun dunyo bo‘ylab teraktlar o‘tkazishga chaqirgan bir paytda kelib tushdi”, — deyiladi elchixona bayonotida. Shuningdek, unda terrorchilarning asosiy nishonlari Yoxannesburg va Keyptaunning tijorat tumanlaridagi savdo markazlari bo‘lishi ta’kidlanadi.
JAR politsiyasi vaziyat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi va AQSh elchixonasi bayonotini o‘rganayotganligini aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)