Suriya armiyasi Rossiya harbiy-koinot kuchlari yordamida Rakka viloyati chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda 4-iyun, shanba kuni Londonda joylashgan “Inson huquqlari bo‘yicha Suriya observatoriyasi” ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Rossiya harbiy aviatsiyasi 3-iyun, juma kuni Rakka yaqinidagi Xama viloyatining sharqiy qismida IShID marralarini ayovsiz bombardimon qildi. Shundan so‘ng Suriya armiyasi qismlari mazkur viloyat chegarasiga yetdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)