Niger janubi-sharqida “Boko haram” jangarilarining hujumi oqibatida 32 harbiy, jumladan, Niger armiyasining 30 va Nigeriya armiyasining ikki askari halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“‘Boko haram’ning yuzlab jangarilari 3-iyun, juma kuni Bosso shahrida armiya marralariga hujum qildi. Ertasiga o‘tkazilgan operatsiya natijasida barcha marralar ustidan nazorat tiklandi”, — deb bildiriladi vazirlik xabarida.
Bosso Niger va Nigeriya chegarasida joylashgan.
Izoh (0)