Xalqaro olimlar guruhi vakillari vikinglar va qozoqlar qarindosh ekanligini aytdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Ular norvegiyaliklarning yarmidan ko‘pi ota tomonidan Markaziy Osiyo xalqlari bilan genetik jihatdan bog‘liq ekanligini aniqladi. Ta’kidlanishicha, tadqiqotlar Markaziy Osiyo aholisi DNKsi Skandinaviya hamda Shimoliy, Janubiy va G‘arbiy Yevropa xalqlari bilan umumiy DNK komponentiga ega ekanligini ko‘rsatgan.
Masalani yanada batafsilroq o‘rganish uchun Olmaotaga maxsus delegatsiya yetib keldi.
Endi chet ellik jurnalistlar oddiy qozog‘istonliklardan olingan turli tahlillar asosida laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazmoqchi. Birato‘la Qozog‘iston tarixi va madaniyati haqida hujjatli film ham suratga olishadi. Turkum ko‘rsatuvlar dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida namoyish etiladi.
Qo‘shimcha tadqiqotlar hamda Qozog‘iston haqidagi ko‘rsatuvlar sikli 2017-yilda tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)