4-iyun, shanba kuni Plesetsk kosmodromidan bortida harbiy koinot qurilmasi bo‘lgan “Rokot” tashuvchi raketasi parvoz qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“‘Rokot’ning barcha parvozoldi operatsiyalari va uchirilishi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi. HKK Koinot qo‘shinlari quruqlikdagi vositalari orqali tashuvchi raketaning uchirilishi va parvozi nazoratini amalga oshirdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, “Rokot” qit’alararo RS-18 ballistik raketasi asosida yaratilgan ikki bosqichli raketa bo‘lib, ilk bor Plesetsk kosmodromidan 2000-yil 16-mayda uchirilgan. Shu paytga qadar mazkur tashuvchining 26 parvozi amalga oshirilgan.
Izoh (0)