Chexiya shimolida, Nimburk shahri aerodromida 4-iyun, shanba kuni kichik samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Nimburk aerodromi hududida tushki payt yengil sport samolyoti quladi. Uchuvchi va u bilan birga kabinada bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘ldi. Samolyot 30 metr balandlikdan pastga sho‘ng‘igan, uchuvchi yerga to‘qnashuvdan qochib qutulolmagan”, — deya ta’kidladi politsiya vakili Mixaela Rixterova.
Hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)