2-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Jahon tillari festivali o‘tkazildi. Bu haqda universitet vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Unda Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Eron, Yaponiya, Turkiya, Italiya, Ummon, BAA, Rossiya hamda Misrning O‘zbekistondagi elchixonalari, diplomatik korpus vakillari, universitet tizimidagi hamkor tashkilotlarning xodimlari, ta’lim muassasasida mavjud fakultetlarning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Festivalda Yevropa va Sharq mamlakatlarining milliy ko‘rgazmasi, talabalar tomonidan tayyorlangan konsert, o‘zbek milliy hunarmandchilik namunalari asosidagi mahorat mashg‘ulotlari, dunyoning turli milliy oshxonalarining eng sara taomlari namoyishi kabi qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Jahon tillari festivali ilk bor 2015-yilning may oyida o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)