Tailandlik mashhur qo‘shiqchi Txanat Txanavatcharanon monarxiyani haqorat qilgani uchun 1-iyun kuni Bangkok jinoiy sudi tomonidan yetti yil-u olti oylik qamoq jazosiga hukm etildi, deb yozadi “TASS”.
Tom Dandi taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda 2014-yilda siyosiy mitingdagi chiqishidan so‘ng hibsga olingan edi. Sud hukmiga ko‘ra, mitingda u “monarxiya uchun haqoratli gapni aytgan”. Txanavatcharanon sudda o‘z aybini tan oldi.
Tailand qirolligining Jinoyat kodeksi 112-moddasiga muvofiq, monarxiyaga nisbatan bunday tajovuzkorliklar 15 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi bilan jazolanadi.
Izoh (0)