EgyptAir aviakompaniyasining bomba haqidagi xabar tufayli Qohirada ushlanib qolgan samolyoti bortida portlovchi qurilma topilmadi. Bu haqda Qohira aeroportidagi manbasiga tayanib, Al Arabia xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Avvalroq layner to‘xtatib qolingani, Qohiradan Bangkokka uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar esa evakuatsiya qilingani xabar berilgan edi.
Bort portlovchi vositalar bo‘yicha mutaxassislar va kinologlar tomonidan tekshirib chiqildi. Shuningdek, yo‘lovchilarning barchasi tintuv qilindi. Puxta tekshiruvdan so‘ng layner Bangkokka uchib ketdi.
Izoh (0)