AQShni qo‘llab-quvvatlayotgan minglab isyonchilar Suriya shimolida IShID nuqtalariga hujum boshladi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda ismi oshkor etilmayotgan amerikalik mansabdorlarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Ular operatsiya 1-iyun kuni boshlangani va bir necha haftaga cho‘zilishi mumkinligini aytdi. Uning maqsadi jangarilar uchun Turkiya bilan chegaraga yo‘lni yopib qo‘yishdan iborat. Undan IShID jangarilari Yevropaga o‘tib-qaytish uchun moddiy-texnik baza sifatida foydalanib kelar edi.
Manbalarga ko‘ra, ko‘p sonli bo‘lmagan amerikalik harbiylar operatsiyada voqea joyida ishtirok etadi, ular front chizig‘idan ma’lum masofada qolib, maslahatchi vazifasini bajaradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)