O‘rta Yer dengizida muhojirlarni olib ketayotgan qayiqning halokatga uchrashi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Italiyaning Vega kemasi 135 muhojirni qutqarib olgani aytilmoqda. Italiya qirg‘oq qorovuli jami 17 qutqaruv operatsiyasini muvofiqlashtirib bormoqda.
Ilgariroq 130 kishi qutqarilgani xabar qilingan edi. Vega kapitanining so‘zlariga qaraganda, yana taxminan 100 nafar muhojir dengizda qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Ob-havoning yaxshilanishi va dengizning sokinligi bois oxirgi kunlarda Liviyadan kelayotgan qochqinlar miqdori keskin oshib ketdi, deb ma’lum qilmoqda BMTning qochqinlar bo‘yicha agentiligi.
Izoh (0)