Dog‘istonda yuz bergan otishmada politsiyachilarga o‘t ochgan jangari yo‘q qilindi, deb yozadi “RIA Novosti” respublika huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib.
Hodisa Suleyman-Stalskiy tumanidagi Kasumkent qishlog‘i yaqinida sodir bo‘ldi.
“Harbiylar hujjatlarni tekshirish uchun avtomobilni to‘xtatishga urindi, ammo unda o‘tirgan erkak o‘t ochdi. Javob o‘qi bilan u yo‘q qilindi”, — dedi manba.
Ta’kidlanishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘q qilingan jangari 24-may kuni Dog‘istonning Xivskiy tumanida politsiyachilarni o‘qqa tutgan shaxsdir.
Tezkor shtabdagilar Suleyman-Stalskiy tumanida aksilterrorchilik operatsiyasi rejimi amal qilayotganini bildirdi.
Izoh (0)