Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tolibon” vakili radikal harakat yetakchisi mulla Axtar Mansur AQSh uchuvchisiz uchar qurilmasi bergan zarba natijasida yo‘q qilinganini tasdiqladi, deb yozadi “RIA Novosti” Reuters’ga tayanib.

Foto: AP

Foto: AP

“Tolibon” harakati yetakchisi Axtar Mansur 21-may kuni kechki payt Pokistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi Belujiston viloyatida AQSh droni zarbasi tufayli o‘ldirilgani xabar berildi. Keyinroq AQSh prezidenti Barak Obama “Tolibon” terrorchilik harakati yetakchisi mulla Axtar Mansur Amerika aviazarbasi natijasida yo‘q qilinganini tasdiqladi.

Pokiston esa AQSh uchuvchisiz qurilmasi mamlakatda yashiringan “Tolibon” yetakchisiga zarba berganini “suverenitetning buzilishi” deb baholadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)