Apple kompaniyasi BRIKS mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirgani uchun mukofotlandi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda Vashingtondagi an’anaviy “BRIKS mamlakatlari bilan biznes” konferensiyasida e’lon qilindi.
Tadbir tashkilotchilari so‘zlariga ko‘ra, mukofot “kompaniyaning butun BRIKS guruhida investitsiyalar, iqtisodiy rivojlanish va savdoni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan yirik hissasi” uchun topshirilgan.
Mukofotga, shuningdek, Vashingtondagi Greenberg Traurig yuridik firmasi “BRIKS mamlakatlarini va, umuman, shakllanayotgan bozorlarni qo‘llab-quvvatlagani” uchun loyiq deb topildi.
Izoh (0)