Boltiqbo‘yi mamlakatlari havo hujumiga qarshi mudofaa missiyasini bajarayotgan NATO qiruvchi samolyotlari o‘tgan hafta Boltiq dengizi ustidan uchib o‘tgan Rossiya harbiy samolyotlarini tanib olish va ularga hamrohlik qilish uchun to‘qqiz marta havoga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Litva mudofaa vazirligiga tayanib.
Xususan 16-may kuni Boltiq dengizi ustidagi xalqaro havo hududiga uchayotgan Il-20 va An-26, 17-may kuni Il-20 va ikkita Su-27, 18-mayda Il-22 va to‘rtta Su-27 hamda ikkita Su-24 (NATO qiruvchilari shu kuni ikki marta havoga ko‘tarilgan), 19-mayda Il-20, Il-18 va Tu-134, shuningdek, yana bitta Il-18 (uch marta), 20-may kuni Il-20 va An-26, 21-mayda Il-38 samolyotini aniqlab, ularga hamrohlik qilgan.
Litvadagi NATO havo hujumiga qarshi mudofaa missiyasini Portugaliya HHK kontingenti F-16 qiruvchilari bilan amalga oshiradi; Estoniyadagi missiya esa Eurofighter Typhoon qiruvchilariga ega Britaniya kontingenti tomonidan bajariladi.
Izoh (0)