NATO-Ukraina komissiyasi Varshavadagi NATO sammitida bo‘lib o‘tadi, bu NATO-Ukraina komissiyasi majlisi chaqiriladigan ikkinchi sammit (birinchisi 2008-yil aprelida Buxarestda o‘tkazilgan sammit) bo‘ladi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Shimoliy Atlantika kengashi ishining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Stoltenberg so‘zlariga ko‘ra, “NATO shu tariqa Ukraina suvereniteti va hududiy daxlsizligini siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini faol ravishda ifodalamoqda va Ukrainaga amaliy ko‘mak berish yo‘llarini muhokama qilish uchun asos yaratmoqda”.
Stoltenberg, shuningdek, Liviya NATOning ushbu mamlakatga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini tahlil qilish uchun Shimoliy Atlantika alyansiga o‘z missiyasini yuborishini ma’lum qildi.
Izoh (0)