Qurolli muxolifat tuzilmalari reaktiv qurilmalari tomonidan Aleppoga yo‘llagan snaryadlar al-Xamdaniya va shayx Maqsud dahalari, shahar chetidagi Jandaris va Tell-Ibr manzillarida portlagan. Tinch aholi vakillaridan besh nafari halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda 19-may, payshanba kuni SANA agentligi ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
17—18-may kunlari Aleppoda 12 kishi o‘qqa tutishlar qurboni bo‘lgandi. Suriya qurolli kuchlar qo‘mondonligi mazkur hujumlarni o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzishga harakat sifatida baholadi.
Izoh (0)