Argentina prezidenti Maurisio Makri mamlakat tashqi ishlar vaziri Susanna Malkorrani BMT bosh kotibligiga nomzod sifatida ilgari suradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nacion nashrining hukumatdagi manbalariga ko‘ra, bu haqda 27-may kuni, vazir chet el safaridan qaytganidan so‘ng e’lon qilinadi. Prezident o‘z tarafdorlariga Malkorra nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2015-yil dekabrida Argentina tashqi ishlar vaziri etib tayinlanguniga qadar Malkorra 2,5 yil davomida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun devonxonasi boshlig‘i, 2008—2012-yillarda esa uning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)