“Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inyesta yozgi transfer oynasi davomida kataloniyaliklar safini tark etmaydigan bo‘ldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Xitoy va BAAdan kataloniyaliklar yarim himoyachisini so‘rab, bir nechta takliflar kelib tushdi. Ammo Inyesta ularning barchasiga rad javobini berdi.
Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilning yozigacha davom etadi. Ushbu masumda ispaniyalik xavbek La Liganing 24 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Qayd etish joiz, bugun, 11-may kuni Andres Inyesta o‘zining 32 yoshini nishonlamoqda.
Izoh (0)