O‘zbekistonlik Sabina Sharipova Tunisning La-Marsa shahrida davom etayotgan, sovrin jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat ITF turkumidagi Open de la Marsa tennis turnirining juftliklar bahsidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Rossiyalik Viktoriya Kan bilan tandem hosil qilgan 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada Darya Chernetsova (Belarus) hamda Dea Xerdzelas (Bosniya va Gersegovina) duetini 6:0, 6:3 mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.
Chorak finalda Sharipova/Kan tandemi braziliyalik Laura Pigossi hamda chililik Daniela Seguel juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Sabina Sharipova yakkalik bahslaridagi ishtirokini bugun, 11-may kuni rossiyalik Mariya Marfutinaga qarshi bellashuv bilan boshlaydi.
Izoh (0)