1-may — Favvoralar kuni. “Daryo” ushbu yaqinlashib kelayotgan kun munosabati bilan Toshkentdagi mashhur favvoralar, ularning tarixiy, yillar davomidagi suratlarini bo‘lishadi. Xadra maydonidagi (eski “Komsomol”) favvora — Toshkent shahrining markaziy qismida, Shayxontohur tumanida joylashgan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega obidalardan biridir. Favvora Shayx Zayniddin bobo maqbarasiga yaqin, Xadra maydonining o‘rtasida joylashgan. Favvora mashhur muhandislar Mitxat Bulatov va Leonid Goergevich Karash boshchiligidagi guruh tomonidan 1953-yilda qurib bitkazilgan.
Sovet davrida bu hududda ko‘plab rekonstruksiya ishlari olib borilgan, jumladan, favvora ham shahar obodonlashtirish loyihasi doirasida qurilgan. Favvora dumaloq shaklda, simmetrik holda qurilgan. Markazida suv purkagichlar joylashgan, atrofi esa tosh yoki marmardan yasalgan suvoq bilan bezatilgan. Yozgi mavsumda, ayniqsa, kechki paytlarda, u o‘zining yorug‘lik effektlari bilan mahalliy aholining e’tiborini tortadi.
Ushbu favvora haqida Aleksandr Tyurikov o‘zining “Toshkent haqida hikoyalar” kitobida shunday yozgan:
U go‘yo maydonning me’moriy markazi, uning tojiga aylandi. Bu favvora, ayniqsa, sirk binosi fonida go‘zal bo‘lib, uning o‘zi kumush tomchilardan to‘qilganga o‘xshaydi.













Izoh (0)