Natalya Kasperskayaning InfoWatch kompaniyasi tashkilotni ma’lumotlar chiqib ketishidan himoya qilish bo‘yicha yechim ishlab chiqdi, u kompaniyalarga xodimlar ofisda paytida ularning mobil telefon orqali suhbatlarini tinglash imkoniyatini beradi. Bu haqda Rossiyadagi IT-kompaniyalar va federal uyali operator xodimiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Zecurion bosh direktori Aleksey Rayevskiy ma’lum qilishicha, majmua uyali aloqa signalini kuchaytirish uchun buyurtmachining hududiga o‘rnatilib, mobil operator tarmog‘iga ulanadigan uskunaga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga, qurilma orqali o‘tadigan ovoz trafigi tutib olinadi, nutqni tushunib olish tizimi yordamida matnga o‘giriladi, so‘ng maxfiy ma’lumot uzatilishi nuqtai nazaridan kalit so‘zlar bo‘yicha tahlil qilinadi.
Kasperskaya ushbu tizimning prototipi ishlab chiqilganini tasdiqladi. Uning aniqlik kiritishicha, buyurtmachilarga qurilmani faqat korporativ SIM-kartalarni tanlab-tanlab nazorat qilish rejimida ishlatish tavsiya etiladi.
Shu bilan birga, Rayevskiy InfoWatch yechimi Rossiya Konstitutsiyasining shaxsiy hayot daxlsizligi va telefon suhbatlari maxfiyligini kafolatlovchi moddasiga zid ekanligini ta’kidladi. Kasperskaya esa bu ishlanma telefon suhbatlari maxfiyligini buzmasligini da’vo qilmoqda.
Izoh (0)