Tokioda maktab o‘quvchilari bo‘lgan 13 yoshli ikki qiz bir-birining qo‘lidan tutib, yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga o‘zini tashladi va halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mashinist poyezd platformaga yaqinlashishidan oldin ikki qiz relslarga o‘zini tashlaganini ko‘rgan, biroq poyezdni to‘xtatishga ulgurmagan. Politsiya qizlarning portfelidan yozuvlar bitilgan bir necha varaq topgan. Jumladan, qizlardan biri muloqotda muammolarga duch kelayotgani va shu sababli yashashni istmasligini yozgan. O‘quvchilar Tokioning Sinagava tumanidagi maktabning bir sinfida o‘qigan va birga teatr to‘garagiga qatnagan.
Politsiya tekshiruv olib bormoqda. Maktab ma’muriyati halok bo‘lgan qizlarda sinfdoshlari bilan munosabatlarda ko‘zga ko‘rinarli muammolar bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)