Eron yuqori aniqlikdagi o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Tasnim agentligi manbalariga tayanib, Meduza xabar berdi.
“2 ming kilometr masofaga borib yetadigan raketa sinovini o‘tkazdik. Rejalashtirilgan nuqtadan og‘ish 8 metrdan iborat bo‘ldi. Sinov ikki hafta avval bo‘lib o‘tdi”, — deya ma’lum qilgan mamlakat qurolli kuchlari vakili, brigada generali Ali Abdullohiy.
General raketa sinovi o‘tkazilgan manzil va foydalanilgan yoqilg‘i turi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan.
AQSh Tehron tomonidan raketalar uchirilishi BMTning tegishli rezolyutsiyasi buzilishi, deb hisoblamoqda. Eron esa mazkur rezolyutsiyaning mamlakat raketa dasturiga aloqasi yo‘qligini da’vo qilmoqda.
Izoh (0)