Rim papasi Fransisk Yevropa birlashuviga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etiladigan nufuzli Buyuk Karl nomli mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
6-may, juma kuni Vatikanda bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida Yevroparlament raisi Martin Shuls, Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, Germaniya kansleri Angela Merkel, Italiya bosh vaziri Matteo Rensi va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Mazkur mukofot 1950-yildan beri Yevropa taraqqiyotiga hissa qo‘shgan shaxs va tashkilotlarga berib kelinadi. Unga turli yillarda Germaniyaning sobiq kanslerlari Konrad Adenauer va Gelmut Kol, Angliya sobiq bosh vaziri Uinston Cherchill, Fransiya sobiq prezidenti Fransua Mitteran, AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton va boshqa siyosatchilar sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)