Tailand fermer xo‘jaliklari hukumat iyun oyida mamlakat AQSh tashabbuskori bo‘lgan Trans-Tinch okeani sherikligiga kirishi bo‘yicha qaror qabul qilgudek bo‘lsa, ko‘chalarda noroziliklar o‘tkazish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakatdagi yirik fermerlik birlashmalaridan biri — Tailand milliy fermerlik kengashiga ko‘ra, mazkur sheriklikka qo‘shilish mayda va o‘rta fermer xo‘jaliklarini kasodga uchratadi. Kengash raisi Prapxat Panyachatrakning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan tuzilgan erkin savdo hududiga kirishning salbiy ta’siri birinchi galda aynan qishloq xo‘jaligi va fermerlarda bilinadi.
Ma’lumot uchun, Trans-Tinch okeani sherikligini tuzish bo‘yicha shartnomani o‘tgan yil oktabrida 12 mamlakat — AQSh, Kanada, Meksika, Peru, Chili, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Bruney, Vyetnam, Singapur va Malayziya imzolagan bo‘lib, mazkur kelishuv unga a’zo davlatlar mahsulotlarining erkin savdo hududida bojsiz harakatda bo‘lishi va boshqa imtiyozlarni beradi.
Izoh (0)