Suriya armiyasi va xalq ko‘ngillilari otryadlari “Jabhat an-Nusra” guruhi jangarilari va ular tarafdorlarining Aleppo janubidagi Xon-Touman shahriga hujumini qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Og‘ir qurol-aslaha qo‘llangan shiddatli to‘qnashuvlar chog‘ida 43 nafar jangari o‘ldirildi. Ular orasida “Ahror ash-Shom” guruhi yetakchilaridan biri Abu A’lo Taum ham borligi bildirilmoqda.
Shu bilan birga, jangarilar yangi hujumlar uchun qo‘shimcha kuch to‘plamoqda. Ularga Idlibdan artilleriya va zirhli texnika tashlab berilayotgani, Zeytan, Xolidiya, Barna va Is aholi punktlarida hukumat qo‘shinlari bilan janglar ketayotgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)