Brent markasidagi neftning iyuldagi fyucherslari avvalgi yopilish vaqtidagi bilan taqqoslaganda 3,18 foizga pasayib, 45,91 dollarni tashkil etdi, deb yozadi “RBK” London birjasi ma’lumotlariga tayanib.
2-may kuni savdo sessiyasi boshlanganidan to 18:19 gacha narx 46,7—47 dollar darajasida saqlanib turdi. Ammo shundan so‘ng u keskin tusha boshladi. 21:01 ga kelib, narx 45,82 dollarni tashkil etdi, so‘ng 45,91 dollargacha o‘sdi.
WTI neftining iyun fyuchersi esa 2,6 foizga pasayib, 44,75 dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)