Estoniyada 2-may, dushanbadan NATOning 6 minggacha harbiy xizmatchi safarbar etiladigan Spring storm harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa kuchlari bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda alyansga a’zo 10 davlat, jumladan, Niderlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyadan kelgan harbiy kontingent ishtirok etmoqda.
Spring storm mashqlari Estoniyaning Rossiya bilan chegaradosh Pilvamaa, Tartumaa va Virumaa kabi sharqiy uyezdlarida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)