Iroq poytaxti va uning atrofida sodir etilgan uch portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bag‘dodning janubiy tumanlaridan birida minalashtirilgan avtomobilning portlashi teraktlar ichida eng kuchlisi bo‘ldi: 6 kishi ushbu hujum qurboni bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Yana bir portlash poytaxtdan 25 kilometr shimoldagi At-Tarmiya shahrida ro‘y berdi, bunda ikki kishi o‘ldi, olti kishi yaralandi. Uchinchi terakt Bag‘dod janubidagi Al-Xalis shahrida yuz berdi. U yerda yo‘lga qo‘yilgan mina portlashi tufayli bir kishi nobud bo‘ldi, ikki kishi jabrlandi.
Portlashlar uchun javobgarlikni hech bir terrorchi guruh zimmasiga olmadi. Politsiya ularning Bag‘dodga kelgan shia ziyoratchilariga daxli yo‘qligini bildirmoqda.
Izoh (0)