Shvetsiyada 30-aprel, shanba kuni qirol Karl XVI Gustavning 70 yillik yubileyi nishonlanmoqda. Tantanali tadbirlar saroy cherkovidagi ibodatdan boshlandi, deya xabar beradi “TASS”.
Tushki payt istovchilar Stokgolmdagi saroyga kelib, qirolni tabrikladi. Shu yerda harbiy orkestr chiqishi, qorovulning tantanali almashish jarayoni, yubiley sohibi sharafiga mushakbozlik bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ratushada poytaxt meriyasi nomidan ziyofat beriladi. Qirol u yerga turmush o‘rtog‘i, qirolicha Silviya bilan birga tashrif buyuradi. Shundan so‘ng hukumat, parlament va gubernatorlardan qutlovlarni qabul qiladi. Bayram tadbirlari Yevropadagi qirollik saroylari vakillari taklif etilgan kechki ziyofat bilan yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, qirol Karl XVI Gustav Shvetsiya taxtiga 1973-yili, 27 yoshida chiqqan.
Izoh (0)