Iroq poytaxti Bag‘dod yaqinida portlovchi ashyolar bilan to‘ldirilgan yuk avtomobili portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat IIVdagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Minalashtirilgan mashina 30-aprel, shanba kuni ertalab hayvon bozoriga kiraverishda portladi. Yaralanganlar kasalxonalarga yetkazildi, qurbonlar soni yakuniy emasligi va ortishi mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)