Eron prezidenti Hasan Ruhoniy tarafdorlari bo‘lgan mo‘tadil nomzodlar parlament saylovlarining ikkinchi turida eng ko‘p ovoz oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Fevral oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarning birinchi turida Ruhoniy tarafdori bo‘lgan islohotchi va mo‘tadil nomzodlar 95, konservatorlar esa 105 o‘rinni egallagandi. Ikkinchi turda esa yana 68 o‘rinning egalari ma’lum bo‘ldi. Norasmiy manbalarga ko‘ra, mo‘tadil nomzodlar mazkur o‘rinlardan 30 dan oshig‘ini qo‘lga kiritgan.
Shu tariqa, Ruhoniy tarafdorlari boshqa partiya va oqimlarga nisbatan ko‘p — 130 ga yaqin o‘rinni egalladi (parlamentga jami 290 nafar deputat saylanadi), biroq mutlaq ko‘pchilik bo‘lolmadi.
Izoh (0)