Yozning jazirama kunlarida kun bo‘yi quyosh ostida turgan avtomobilni boshqarish qanchalik noqulay ekanini har bir haydovchi yaxshi biladi.
Avtomobil bo‘yoqlari odatda rezina asosida tayyorlanadi, bu materialdagi molekulalar quyosh ostida tebranib, issiqlik hosil qiladi va haroratni oshiradi.
Arizona shtati universiteti va San-Diego tibbiyot maktabi tadqiqotchilari tomonidan e’lon qilingan xulosaga ko‘ra, avtomobil salonidagi harorat yozda 70 daraja selsiygacha ko‘tarilishi mumkin.
Nissan’ning sovituvchi bo‘yog‘ida ikki xil mikrostrukturali metamaterial mavjud: biri quyosh nuridagi yaqin infraqizil nurlarni to‘sadi va aks ettiradi, ikkinchisi esa issiqlikni elektromagnit to‘lqinlarga aylantirib, ularni Yer atmosferasi ustidagi makonga chiqarib yuboradi. Bu esa haroratning ko‘tarilishini oldini oladi.
Sinov natijalari: harorat 12 darajagacha pastlash mumkin
Kompaniya vakillarining aytishicha, bu ta’sir ayniqsa avtomobil uzoq vaqt quyosh ostida turganida yaqqol seziladi. Shuningdek, bu konditsionerni kamroq ishlatish va motorni yengillashtirishga, elektr avtomobillarida esa batareyani kamroq ishlatishga yordam beradi.
Hozirda oq bo‘yoq sinov bosqichida. 2024-yil avgust oyida Tokio xalqaro aeroportida o‘tkazilgan maydon sinovida sovituvchi bo‘yoq tashqi yuza va salon haroratini an’anaviy bo‘yoqlarga nisbatan mos ravishda 12 va 5 daraja selsiyga pasaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)