Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerbergning davlati Amerikaning NASDAQ birjasidagi savdolar chog‘ida bir necha soat ichida 3,6 milliard dollarga ko‘paydi, deya xabar bermoqda “Vc.ru”.
Ta’kidlanishicha, 27-aprel kuni NASDAQ’dagi savdolar yopilishi vaqtida Facebook aksiyalarining donasi 108,9 dollarga baholangan. 28-aprel kuni esa qimmatbaho qog‘ozlar narxi 117,84 dollargacha ko‘tarilgan.
Endi Sukerberg Forbes versiyasi bo‘yicha dunyoning eng boy kishilari reytingida beshinchi o‘rinni egalladi va shu tariqa, tashkilotlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan dunyodagi eng yirik kompaniya — Oracle yaratuvchisi Larri Ellisonni ortda qoldirdi. Sukerbergning boyligi ayni paytda 51,1 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)