AQShning SpaceX xususiy kompaniyasi 2018-yili Marsga Dragon koinot kemasini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Dragon 2 Quyosh tizimidagi istalgan koinot jismi yuzasiga qo‘nishga mo‘ljallangan. Kemani 2018-yilda Marsga uchirish mo‘ljallangan va bu ekspeditsiyaga ‘Qizil ajdarho’ nomi berilgan. U mazkur sayyora strukturasini o‘rganadi”, — deya ma’lum qilgan Ilon Mask rahbarligidagi kompaniya Twitter’dagi sahifasida.
Gap astronavtlarsiz ekspeditsiya haqida ketayotganligi taxmin qilinmoqda. Kompaniya safarga oid batafsil ma’lumotlarni keyinchalik oshkor etishni va’da qilgan.
Izoh (0)