Hukumat 27-aprel, chorshanba kuni jasadi Apple’ning Kaliforniya shtati Kupertino shahridagi bosh qarorgohidan topilgan kompaniya xodimi o‘z joniga qasd qilganini aniqladi, deya xabar bermoqda “TASS” Santa-Klara okrugi sherifi boshqarmasining rasmiy vakiliga tayanib.
“Boshqa shaxslarning bunga aloqasi yo‘qligi aniqlandi”, — dedi u hodisa boshqa odamlar uchun xavf tug‘dirmaganini ta’kidlar ekan.
25 yoshli Edvard Makoviak ismli Apple xodimining jasadi 27-aprel kuni tongda anjumanlar zalidan topilgan edi, uning yonida to‘pponcha yotgan.
Kompaniya bayonot e’lon qildi, unda Apple xodimlari “yosh va iste’dodli hamkasbining fojiali o‘limi yuzasidan chuqur qayg‘uda” ekanligi aytiladi. Apple boshqa izohlardan bosh tortdi.
Izoh (0)