O‘zbekistonda UzTrade elektron tashqi savdo maydoni ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Loyiha milliy ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa, kichik biznes korxonalarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida yaratildi.
UzTrade elektron tashqi savdo maydonining funksional imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi BMT Taraqqiyot dasturining “Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi bilan hamkorlikda 3-may kuni taqdimot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. U “UzTrade: mahsulotlarni eksport uchun ilgari surishning yangi imkoniyatlari” mavzusida bo‘ladi.
Izoh (0)