23-aprel kuni Yaponiyaning Tokio shahrida chet el elchixonalari xodimlari va chet elliklar o‘rtasida 19-marotaba bo‘lib o‘tgan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovida o‘zbekistonlik Faxriddin Ergashev ham ishtirok etdi.
Uning o‘zi “Daryo” nashriga ma’lum qilishicha, tanlovda u birinchi o‘rinni va Yaponiya tashqi ishlar vazirligi maxsus sovrinini yutib oldi.
“Notiqlik san’ati bo‘yicha ushbu tanlov Yaponiyada chet elliklar orasida eng mashhur tanlov hisoblanadi, — deya ta’kidladi Faxriddin. — Unda 20 ga yaqin turli davlat elchixonalari vakillari va chet elliklar ishtirok etdi”.
Faxriddin hozirda Tokio chet tillar universitetining magistraturasida tahsil olmoqda.
Izoh (0)