BMT Xavfsizlik kengashi yopiq uchrashuv davomida Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan ballistik raketalarning muvaffaqiyatsiz uchirilishini muhokama qiladi. Bu haqda kengash a’zolaridan bo‘lgan davlat diplomatlaridan biri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yopiq maslahatlashuvlar AQSh so‘roviga binoan Suriyadagi gumanitar vaziyat bo‘yicha yig‘ilishdan keyinoq bo‘lib o‘tadi”, — deya ta’kidlagan agentlik manbasi.
Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi KXDR 28-aprel, payshanba kuni 4 ming kilometr masofani qamrab olishga qodir o‘rta radiusdagi, “Musudan” turkumiga mansubligi aytilayotgan ballistik raketalarning ikkita muvaffaqiyatsiz sinovini amalga oshirganini ma’lum qildi. Shimoliy Koreya armiyasida 30 ga yaqin shunday raketa borligi taxmin qilinadi.
Izoh (0)